Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvaytning yangi amiri ma’lum bo‘ldi: mamlakatda 40 kun motam

Quvaytning yangi amiri ma’lum bo‘ldi: mamlakatda 40 kun motam

Foto: «AP Photo / Nasser Waggi»

Amir Sabah IV vafotidan so‘ng valiahd shahzoda Navaf al Ahmad al Jobir as Sabah Quvaytning yangi amiri etib tayinlandi. Bu haqda vazirlar mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri Anas Xolid al Saloh bayonotiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Davlat vazirining ta’kidlashicha, vazirlar mahkamasi konstitutsiyaning 4-moddasiga muvofiq valiahd shahzoda shayh Navaf al Ahmad al Jobir as Sabahni Quvayt davlatining yangi amiri etib tayinladi. Rasmiy idoralar faoliyati esa uch kunga to‘xtatildi. Mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi.

Avvalroq Quvaytning 91 yoshli amiri Sabah al Ahmad al Jobir as Sabah AQShda vafot etgani haqida xabar bergandik. Amir iyul oyidan beri Minnesota shtatidagi klinikada davolanayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring