Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rada deputatlari yolg‘onni aniqlovchi poligraf tekshiruvidan o‘tdi. Ular pora olganlikda gumon qilinmoqda.

Rada deputatlari yolg‘onni aniqlovchi poligraf tekshiruvidan o‘tdi. Ular pora olganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: «Anna-news.info»

«Xalq xizmatchisi» partiyasidan ikki nafar deputat 23-oktyabr kuni yolg‘onni aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tdi. Ulardan Oliy Radada qonun loyihasiga qarshi ovoz berishda pora olgan-olmaganligi so‘raldi, deb yozadi «Life.ru».

Birinchi bo‘lib Aleksandr Kachura poligraf tekshiruvidan o‘tdi. Taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, u barcha savollarga rostgo‘ylik bilan javob bergan va korrupsiyaga aloqasi yo‘qligi oydinlashgan.

Yolg‘onni aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan ikkinchi bo‘lib deputat Aleksandr Dubinskiy o‘tdi. Testni o‘tkazayotgan poligrafolog bu safargi test natijalari ham deputat foydasiga hal bo‘lganini ma’lum qildi.

Shuningdek, tekshiruvdan «Xalq xizmatchisi» deputati David Araxamiya o‘tishi kerak edi. Biroq tekshiruv 24-oktyabrga qoldirildi. Negaki, ekspertlar hali savollarni tayyorlashga ulgurishmabdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring