Ramzan Qodirov Putinga xat yozib, Baxmutdagi «Vagner» pozitsiyalarini «Axmat» bo‘linmalariga berishni so‘radi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putindan «Vagner» guruhining o‘rniga Baxmutga chechen maxsus bo‘linmasi «Axmat»ni yuborishni rasman so‘raganini ma’lum qildi.
«Men Rossiya Federatsiyasi Oliy Bosh qo‘mondoni V.V.Putin nomiga «Axmat» bo‘linmalarini Artyomovsk (Baxmut) shahriga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berishni so‘rab xat yozdim. Xat allaqachon yuborilgan» – deya yozgan Qodirov.
Maktubda prezidentga Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Milliy gvardiya rahbari Viktor Zolotovga Baxmutga «Axmat» bo‘linmalarini yuborish va «Vagner» guruhi o‘z pozitsiyalarini «Axmat» bo‘linmalariga topshirish to‘g‘risida buyruq berish so‘ralgan.
Bir necha kun oldin «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya Federatsiyasi harbiy rahbariyatiga o‘z yollanma askarlari guruhini o‘q-dorilar bilan ta’minlashni talab qilib, videomurojaat yo‘llagan edi.
U Shuningdek, agar «Venger» bo‘linmalariga o‘q-dori yetkazib berilmasa, 10 may kuniga qadar Baxmutdan ularni olib chiqib ketishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter