Ramzan Qodirovning katta qizi bosh vazir o‘rinbosarligidan ketdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning katta qizi — 26 yoshli Ayshat Qodirova respublika bosh vazirining o‘rinbosari lavozimidan iste’foga chiqdi. U o‘z qarorini Instagram orqali ma’lum qildi.
Ayshat Qodirova 2023-yilda bosh vazir o‘ribosari lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha Checheniston madaniyat vaziri bo‘lgan.
Qodirova uzoq o‘ylab shu qarorga kelganini aytdi.
«Bu ish men uchun katta tajriba bo‘ldi. Biroq, menimcha, bu ish bilan kuchli erkaklar shug‘ullangani ma’qul», — dedi u.
U o‘z biznes-loyihalari bilan shug‘ullanib respublikaga xizmat qilishini qo‘shimcha qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter