Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li batalon kuratori etib tayinlandi

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li batalon kuratori etib tayinlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Baysangur Benoyevskiy batalonining kuratori etib tayinlandi. Uning yangi lavozimi haqida Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayev Telegram’da ma’lum qildi.

Dudayev Qodirovni o‘g‘lining lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan.

«Adam Ramzanovich bolaligidanoq haqiqiy jangchi xarakterini ko‘rsatgan, biroq vaqt o‘tishi bilan u o‘zini iqtidorli tashkilotchi sifatida namoyon etmoqda», — deya Dudayev kichik Qodirov yangi maqomida o‘ziga yuklangan vazifani uddasidan chiqishiga ishonch bildirgan.

Avvalroq Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Shayx Mansur bataloniga kurator etib tayinlangandi.

Oktyabr oyining boshida Adam Qodirov Checheniston Qahramoni unvonini oldi, keyinchalik u Tataristonning muhim ordeni bilan taqdirlandi. 16 yoshli o‘smir, shuningdek, Qorachoy-Cherkes respublikasining eng oliy ordeni bilan, bundan tashqari «Islom diniga xizmatlari uchun» 1-darajali ordeni bilan taqdirlangan.

5 noyabr kuni Adam Qodirov otasining xavfsizlik xizmatida «muhim» va «mas’uliyatli» lavozimni egallagandi. Ramzan Qodirovning o‘zi 2003 yildan otasi Ahmad Qodirovning xavfsizlik xizmatini boshqarishga kirishgandi, 2004 yilda Grozniydagi teraktda katta Qodirov halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring