Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Raqamli balog‘at»ga yetdik: bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaymiz — Yevroittifoq

«Raqamli balog‘at»ga yetdik: bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaymiz — Yevroittifoq

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi, deb xabar berdi Politico.

Ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun minimal yoshni belgilash tashabbusini Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ilgari surdi.

«Yevropa Ittifoqining ko‘p mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun «raqamli balog‘at davri» keldi, deb hisoblaydi. Yetti farzandning onasi va besh nabiraning buvisi sifatida men ularning fikriga qo‘shilaman», — dedi Ursula fon der Lyayen Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasidagi tadbirda.

Yevroittifoqning Gretsiya, Fransiya va Daniya kabi mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarning voyaga yetmaganlarga ziyoni tegayotganini dastaklab, yosh bo‘yicha cheklov joriy etish payida. Biroq buni qanday amalga oshirish masalasida siyosatchilar bir to‘xtamga kelisha olmayapti.

Avstraliya joriy yil oxiridan ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishni minimal 16 yosh qilib belgilagandan so‘ng, muammo jahon darajasida e’tiborga tushdi.

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze bilan birga so‘zga chiqqan fon der Lyayen «Yevropa darajasida qanday qadamlar tashlash kerakligini baholash» uchun Yevropa Ittifoqi komissiyasi tuzilishini tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring