Rasman: Buyuk Britaniyada yangi bosh vazir tayinlandi
Key Starmer rasman Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri aylandi.
Qirol Charlz III Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri etib tayinladi. Bu Leyboristlar partiyasi yetakchisi Key Starmerdir, deya xabar beradi Sky News.
Qirol Starmerni kechagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng yuqori lavozimni egallashga va yangi hukumatni shakllantirishga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi mag‘lubiyatga uchradi. Yakunda leyboristlar 410 nafardan oshiq o‘rinni, konservatorlar esa 151 o‘rinni oldi. Bu 2010-yildan buyon Konservatorlar partiyasinining eng yirik mag‘lubiyatidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter