Ravil Gaynudin: «O‘n besh yildan so‘ng qariyb uchdan bir rossiyalik musulmon bo‘ladi»
Rossiya musulmon aholisining soni 15 yildan so‘ng 30 foizgacha ko‘payishi mumkin. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi va Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin ma’lum qildi, deb xabar berdi «Sputnik».
«Biz chuqur bilimga ega ekanligiga shubha qilmaydigan mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, 15 yildan so‘ng Rossiyaning 30 foizgacha aholisini musulmonlar tashkil etadi», — degan shayx Ravil Gaynutdin.
U 30 yildan ortiq vaqt mobaynida Moskva Jome masjidida faoliyat yuritayotganini aytib, bu kabi prognozlar umuman olganda tajribada o‘z tasdig‘ini topayotganini ma’lum qildi.
«2018-yilda Qurbon bayram namoziga 320 mingdan ziyod musulmonlar tashrif buyurishdi. Bu raqamlar har yil o‘sishda davom etmoqda», — dedi muftiy.
2002-yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada musulmonlar soni 14,5 millionga yaqin. Rossiya aholisining soni 2017-yilda 144,5 millionga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter