Referendumdan so‘ng AQSh tarkibida yana bitta shtat paydo bo‘lishi mumkin
Puerto-Riko orol-davlati aholisi o‘zining yangi tarixi davomida ikkinchi marotaba mamlakatning AQSh tarkibiga shtat sifatida qo‘shilishiga bag‘ishlangan referendumda qatnashadi.
«Nuevo dia» gazetasi yozishicha, Puerto-Riko gubernatori Vanda Vaskes orolning AQSh tarkibiga shtat sifatida qo‘shilishini hal qiluvchi referendumni 2020-yilning 3-noyabr kuni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.
Qonunga ko‘ra, referendum 3-noyabrda, gubernator saylovi bilan bir kunda o‘tkaziladi. Ammo ovoz berish AQSh bu qarorni qabul qilishga majburligini anglatmaydi. Bu masalani AQSh Kongressi hal qiladi.
Puero-Rikoda oxirgi marotaba AQSh tarkibiga kirish uchun referendum 2017-yilda o‘tkazilgandi. Biroq AQSh adliya vazirligi Kongress ovoz berishini yoqlamagandi.
Ayni paytda Puerto-Rikoning maqomi shundayki, bevosita AQSh tomonidan boshqariladi, lekin qonunan uning ajralmas qismi sanalmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter