Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rejadagidan 4 karra qimmat — Fransiyada so‘nggi 25 yilda birinchi yangi atom reaktori ishga tushirildi

Rejadagidan 4 karra qimmat — Fransiyada so‘nggi 25 yilda birinchi yangi atom reaktori ishga tushirildi

Foto: EDF

Electricite de France (EDF) energetika kompaniyasi «Flamanvil» AESda yangi atom reaktorini ishga tushirishga ruxsat oldi. Kompaniya saytida xabar berilishicha, atom reaktorini qurishga 17 yil ketgan.

Bu Fransiyada so‘nggi 25 yilda birinchi marta ishga tushirilgan yangi atom reaktoridir.

Rejaga ko‘ra, reaktor 2012-yilda ishga tushishi kerak edi, biroq texnik muammolar ishga tushirish muddatini tinmay ortga suraverdi. Shu bois loyiha qiymati karrasiga qimmatlashib ketdi (mo‘ljal — 3 mlrd yevro edi, yakuniy xarajat — 13 mlrd yevrodan ziyod).

«Flamanvil» atom elektr stansiyasi Fransiya shimoli-g‘arbida, La-Mansh sohillarida joylashgan. Shu paytgacha AESda har biri 1,3 ming MVt quvvatga ega, 1986 va 1987-yillarda ishga tushirilgan ikkita suv-suvli reaktordan foydalanib kelingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring