Rim papasi Qozog‘istonga keladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayev Rim papasi Fransisk bilan videokonferensaloqa vositasida muloqotlashdi.
Vatikan va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan onlayn uchrashuvda konfessiyalararo va dinlararo dialoglarning ahamiyati kattaligi ta’kidlangan.
Joriy yil sentyabrida Qozog‘iston poytaxti turli dinlar yetakchilari ishtirokidagi yirik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Fransisk ushbu uchrashuv imkoniyatini taqdim etayotgani uchun To‘qayevga minnatdorligini bildirib, unda qatnashish uchun Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter