Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robert Fitsoning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Robert Fitsoning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Slovakiya mudofaa vaziri Robert Kalinyak chorshanba kuni suiqasd uyushtirilgan mamlakat bosh vaziri Robert Fitsoning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Kalinyakning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar Fitsoning ahvolini barqarorlashtirish uchun hamma narsani qilishmoqda.

«Afsuski, uning ahvoli og‘ir, chunki to‘rtta o‘qdan olgan jarohat juda jiddiy», — dedi Kalinyak.

Chorshanba kuni kechqurun 59 yoshli Fitso uch soatdan ortiq jarrohlik amaliyotida bo‘lgani va shifokorlar uning hayoti uchun kurashayotgani haqida xabar berilgan edi.

Robert Fitsoga suiqasd chorshanba kuni tushdan keyin Gandlova shahrida sodir bo‘ldi. Bosh vazir mahalliy aholining oldiga kelganida, noma’lum erkak unga bir necha marta o‘q uzgan.

Hodisa joyida suiqasd uyushtirgan shaxs qo‘lga olingan. U 71 yoshli yozuvchi va siyosiy faol bo‘lib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring