Robot «nevaralar» keksalarga yolg‘izlikdan qutulishga yordam beradi

Janubiy Koreyaning Hyodol startapi tomonidan yaratilgan xuddi shu nomdagi yoqimli robot bolalar keksalarga yolg‘izlikdan qutulishga yordam beradi.
Keksa odamlar muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan bu yoqimli latta qo‘g‘irchoq Hyodol ChatGPT texnologiyasiga asoslangan chatbotdan foydalanib, foydalanuvchilar bilan o‘zining quvnoq ovozida gaplashadi va ularga dori ichish yoki ovqatlanishni eslatadi.
U o‘z «bobo» yoki «buvi»sini kuzatib boradi, ijtimoiy xodimlar va oila a’zolarini favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantiradi.
Misol uchun, agar robot 24 soat davomida keksalarda harakatni aniqlamasa, bu haqda xabar beradi. Qo‘g‘irchoqlar, shuningdek, muntazam ravishda egalaridan tez-tez o‘zlarini qanday his qilayotganliklarini va biror joyi og‘rimayotganini, kayfiyati qandayligini so‘rab turadi.
12 000 dan ortiq robotlar yolg‘iz keksalarning uylariga joylashdi va ular bunday «nevaralar» bilan vaqt o‘tkazishni juda yaxshi ko‘radilar. Ko‘pgina ijtimoiy ishchilar va psixologlarning ta’kidlashicha, keksalar yolg‘izlikdan ko‘proq qo‘rqishadi va xushmuomala «Hyodol» bilan bu qo‘rquvni muvaffaqiyatli bartaraf etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter