«Roskomnadzor» «VKontakte», «Yandeks», «Twitter» va «Facebook» IP-manzillarini bloklab qo‘ydi
«VKontakte», «Yandeks», «Twitter», «Facebook» va «Odnoklassniki» IP-adreslari «Roskomnadzor» tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga tushdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatda «Yahoo» va «Liveinternet»ning ham IP-adreslari bor.
Idora saytida «VKontakte»ga tegishli bo‘lgan 87.240.129.133 adresi bloklangani xabar qilinadi. Shuningdek, undan «Google»ning 33 ta IP-adresi, «Microsoft» (29), «Amazon» (14), «Yandeks» va «Facebook»ning beshtadan, «Twitter»ning uchta va «Odnoklassniki»ning bitta adresi ham joy olgan.
«Dremuchiy les» xosting-provayderi va «Usher2» yaratuvchisi Filipp Kulin «agar bu atayin qilingan bo‘lsa, yana ikkinchi – bundan-da kuchliroq zarba bo‘lishini» ta’kidlagan. Shuningdek, u bu «Roskomnadzor»ning emas, qonunbuzarlarning ishi bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter