Rossiya eksport qilinadigan bug‘doyni bo‘yashni boshladi

Rossiya eksportga mo‘ljallangan bug‘doyga rang berishni boshladi.
«28-yanvar kuni Leningrad oblastining Visotskiy portida Rossiyaning Marokash uchun mo‘ljallangan bug‘doyiga ilk marotaba rang berildi», — deyiladi «Rosselxoznadzor» xabarida.
Tushuntirilishicha, kirib kelayotgan mahsulot sifati va tashqi ko‘rinishiga har bir mamlakatning o‘z talablari bor. Masalan, Marokash va Saudiya Arabistoni donni bo‘yashni so‘raydi. Importni qabul qilayotgan mamlakat chorva uchun mo‘ljallangan bug‘doyni shu tariqa ajratib oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter