Rossiya Estoniya elchisini mamlakatdan chiqarib yubormoqda
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 23-yanvar, dushanba kuni TIVga chaqirilgan Estoniya elchisi Margus Laydrega 7 fevral kuni mamlakatni tark etishni buyurdi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
«23-yanvar kuni Estoniya elchisi M.Laydre Rossiya TIVga chaqirildi. Unga Estoniya rasmiylarining xatti-harakatlari munosabati bilan qattiq norozilik bildirgan. Elchi 2023-yil 7- fevralda Rossiya Federatsiyasini tark etishi kerak», deyiladi bayonotda.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «Estoniya bilan diplomatik aloqalar darajasi bu davlat rasmiylarining Rossiya Federatsiyasiga nisbatan nodo‘stona harakatlari tufayli quyi darajaga tushirganini» ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu Bryusselga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi zudlik bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini kelishib olish va Ukrainaga yordamni kuchaytirish kerakligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter