Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Yevropa Kengashini rasman tark etdi

Rossiya Yevropa Kengashini rasman tark etdi

Foto: «Council of Europe»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Kengashi bosh kotibiga tashkilotdan chiqish to‘g‘risidagi xatni taqdim etdi. Bu haqda RF davlat dumasining vitse-spikeri, Yevropa Kengashi parlamenti assambleyasidagi Rossiya delegatsiyasi rahbari Pyotr Tolstoy o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

Tolstoy «YeK bilan dialog uzilishida aybdorlik»ni NATOga yukladi. Aytishicha, mislsiz siyosiy sanksiyalar bosimi ostida qolgan Rossiya tashkilotga yillik a’zolik badalini to‘lamaydi.

Davlat dumasining xalqaro masalalar qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy o‘z telegram-kanalida ta’kidlashicha, YeKdan chiqayotgan Rossiya Yevropaning inson huquqlari bo‘yicha konvensiyasini denonsatsiya qilishga majbur. «Biroq xavotirga o‘rin yo‘q, bizning mamlakatda barcha huquqlar albatta va so‘zsiz kafolatlanadi», — dedi u.

Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqi Kengashi (1974-yil t.t., shtab-kvartirasi Bryusselda joylashgan) va Yevropa Kengashi (1949-yil t.t., shtab-kvartirasi Strasburg (Fransiya)da joylashgan) — boshqa-boshqa tashkilot. Rossiya a’zolikdan chiqqan Yevropa Kengashi «Ko‘hna qit’a»ning 46 mamlakati (Rossiya chiqqanidan so‘ng), jumladan, Turkiya ham a’zo nisbatan yirik tashkilot.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring