Rossiya ketma-ket 2 kun Ukraina shaharlariga bomba yog‘dirdi
Joriy yilning 5-6 avgust kunlari tunda Rossiya Ukraina shaharlarini «Kinjal» va «Kalibr» raketalari va Shahed dronlari bilan ommaviy ravishda o‘qqa tutdi.
Ukraina prezidenti Zaporoje va Xmelnitskiy viloyatidagi «Motor Sich» zavodi o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Shuningdek, qanotli raketa Xarkov viloyatining Kupyanskiy tumanidagi qon quyish markaziga kelib urilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi jami 30 ta raketa va 27 ta dronni urib tushirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Xmelnitskiy va Rovno viloyatlaridagi havo bazalari tor-mor etilgani haqida xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter