Rossiya necha soatda Boltiqbo‘yini zabt eta oladi? «Forbes» talqini
AQSh Germaniyadan o‘z harbiy kontingentini olib chiqib ketishga qaror qilganidan keyin NATOning Yevropadagi pozitsiyalari ancha zaiflashib qolishi haqida «Forbes» nashri yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp, kutilmaganda, Germaniya va Sharqiy Yevropadagi 9,5 ming nafar amerikalik harbiy olib chiqib ketilishi haqida e’lon qilgandi.
«Forbes» muallifiga ko‘ra, amerikaliklar ketganidan keyin NATOning sharqiy chegaralari ancha mo‘rtlashib, birinchi navbatda, Estoniya, Latviya va Litva qaltis vaziyatda qoladi. Ilgarigi holatda va ilgari hisob-kitoblarda, ya’ni amerikaliklar bo‘lgan paytda, agarda Rossiya bostirib kirishga qaror qilsa, Tallin va Riga ko‘chalariga rus harbiylari 60 soatlar ichida kirib borishi taxmin qilinardi, endi esa zabt-u jahdga sarflanajak soatlar qanchalik qisqarishini bilish uncha qiyinmas.
«Forbes» yozadiki, Rossiya Boltiqbo‘yiga 760 ta tank yuborish imkoniyatiga ega, NATO mamlakatlari esa bu yerda atigi 130 ta tankni ularga qarshi qo‘ya oladi. NATO samoda ustun bo‘lgan taqdirida ham, quruqlikda rus qo‘shinlariga bas kela olmaydi, yozadi muallif.
Boltiqbo‘yini Rossiyadan himoyalash uchun NATO hozirgi 15 ta batalon sonini 30 taga yetkazishi kerak. Qolaversa, ularni zirhli texnika bilan kuchaytirish shart bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter