Rossiya shaxmat federatsiyasi Yevropa shaxmat ittifoqi tarkibidan chiqib, Osiyo shaxmat federatsiyasiga qo‘shilmoqda
Joriy yilning fevral oyi oxiri yoki mart oyining boshida Rossiya shaxmat federatsiyasi (FSR) Yevropa shaxmat ittifoqi (ECU) tarkibidan chiqib, Osiyo shaxmat federatsiyasi (ACF)ga qo‘shiladi. Bu haqda «Kommersant» FSR ijrochi direktori Aleksandr Tkachevga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa shaxmat ittifoqidan Osiyo shaxmat federatsiyasiga o‘tish fevral oyi oxiri yoki mart oyi boshida rasmiylashtiriladi.
Rossiya shaxmat federatsiyasi rossiyalik sportchilar Osiyo mintaqasida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, Osiyodagi raqobat darajasi allaqachon Yevropadan yuqori.
Tkachevning aniqlik kiritishicha, barcha kerakli hujjatlar ACF va Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter