Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukraina hududiga qit’alararo ballistik raketalarida zarba berdi

Rossiya Ukraina hududiga qit’alararo ballistik raketalarida zarba berdi

Rossiya Ukraina hududiga qit’alararo ballistik raketalarida zarba berdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari ma’lum qildi.

Ukraina harbiy idorasi raketalar Astraxan hududidan uchirilganini aytgan, biroq qolgan tafsilotlarni keltirmagan. The Guardian nashrining yozishicha, ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon qit’alararo ballistik raketaning ilk qo‘llanishi bo‘ladi.

Mazkur turdagi raketalarning eng qisqa uchish masofasi 5 ming kilometr bo‘lib, ayrimlarida bu ko‘rsatkich 9 ming kilometrdan ko‘proqni ham tashkil qiladi.

Ukraina Harbiy havo kuchlari, shuningdek, bugun, 21 noyabr kuni ertalab ruslarning 6 ta X-101 qanotli raketasini urib tushirganini e’lon qildi. Biroq idora qit’alararo ballistik raketa keltirib chiqargan zararlar haqida ma’lumot bermadi.

Kecha Ukraina ilk marta Rossiyaning Kursk viloyatiga britaniyaning Storm Shadow/SCALP-EG raketalarini uchirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni ayrim davlatlar Kiyevdagi elchixonalarini ehtimoliy havo hujumlari sabab bir kunga yopganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring