Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaga muzokaralar bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi

Rossiya Ukrainaga muzokaralar bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi 2-iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Rossiyaning ushbu taklifiga Ukraina tomoni hozircha javob bermadi. 

Lavrovning qayd etishicha, AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya ko‘magida Rossiya-Ukraina muzokaralarini qayta boshlash uchun sharoitlar yaratilgan, uning birinchi raundi 16 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar “1000 taga 1000 ta” formulasi bo‘yicha asirlarni almashgan va Moskva va Kiyev barqaror kelishuvga erishish uchun tomonlarning pozitsiyasini belgilovchi hujjatlarni tayyorlashga kelishib olgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni zudlik bilan tegishli memorandumni ishlab chiqdi, unda inqirozning asosiy sabablarini ishonchli tarzda bartaraf etishning barcha jihatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasi bayon etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng tomonlar ming kishidan asir almashishga muvaffaq bo‘ldi. O‘t ochishni to‘xtatish va prezidentlar uchrashuvi esa amalga oshmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring