Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaga urush ochganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi

Rossiya Ukrainaga urush ochganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi

O‘tgan tunda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon eng yirik zarbalarni berdi.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 741 ta zarba berilgan, jumladan, gipertovushli oltita «Xanjar» raketasi ishga solingan. Nishonga olingan shaharlar: Kiyev hamda g‘arbda joylashgan Lutsk, Lvov, Xmelnitskiy va Ternopol.

Bu Rossiya urush boshlagan 2022 yilning 24 fevralidan buyon ko‘lami bo‘yicha eng yirik hujumdir. Tungi hujumlarda ballistik raketalar va Eronning «Shahid» dronlari faol qo‘llangani aytilmoqda.

Hujumlardan ko‘rilgan talafot o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring