Rossiya Ukrainaning Lvov shahriga raketa yog‘dirdi. Qurbonlar bor
Kecha, 5 iyul kuni tunda Rossiya Qora dengizdagi floti orqali Ukrainaning Ternopol va Lvov shaharlariga raketa zarbasi berdi.
Ukraina havo mudofaa kuchlarining ma’lum qilishicha, Rossiya jami 10 ta «Kalibr» qanotli raketa uchirgan. Shundan 7 tasi havoda Ukraina tomonidan yo‘q qilingan.
Ukraina ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, raketa zarbasi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 34 kishi jarohatlangan.
«Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Ertalab soat 7:00 holatiga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan. Davlat soliq xizmati xodimlari yetti kishini qutqarib, 64 nafarini evakuatsiya qildi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukraina shaharlariga Qora dengizdagi suv osti va yer usti harbiy kemalari orqali raketa zarba bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter