Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Tojikiston «musulmonlarni qayta tarbiyalayotgan» Xitoyni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya va Tojikiston «musulmonlarni qayta tarbiyalayotgan» Xitoyni qo‘llab-quvvatladi

Foto: «Reuters»

BMT inson huquqlari kengashida Xitoy tomonidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Xitoy hukumati ushbu hududda o‘zgacha siyosat yuritmoqda va musulmon diniga mansub aholini maxsus lagerlarida «qayta tarbiyalayotgani» xabar qilingan.

Inson huquqlari kengashida Xitoy olib borayotgan siyosatni 34 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Belarus va Tojikiston qo‘llab-quvvatladi. Bunga qadar 22 davlat, xususan Yevropa ittifoqi a’zolari, Yaponiya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya Pekin olib borayotgan ishlarni qoralab chiqqan edi. 34 mamlakatning qo‘llab-quvvatlashi mana shu ayblovlarga javoban imzolandi.

O‘tgan oy Xitoy maxsus lagerlarda uyg‘ur millatiga mansub aholi qiynoqqa solinayotgani haqidagi xabarlarni inkor etgan edi. Mamlakat tashqi ishlar vazirining yordamchisi Chjan Xanxuening ta’kidlashicha, «ta’lim va professional tayyorgarlik markazlari» faoliyati noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

2018 yilning avgustida BMTning inson huquqlari bo‘yicha taftish qo‘mitasi Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida kamida bir million aholi yopiq lagerlarda saqlanayotganini ma’lum qilgan edi. Bu yerda ular «qayta tarbiyalanayotgani» aytiladi. Lagerlarda uyg‘urlar inqilobiy qo‘shiqlar aytishadi, XXR raisi Si Szinpinning g‘oyalarini o‘rganishadi va xitoy tilida gaplashishadi. Pekin bunday lagerlar borligini rasman tan oladi, ammo ularning faoliyatini terrorchilikka qarshi kurash o‘laroq baholaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring