Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va Xitoyning kosmosdagi faoliyati xavfli deya baholandi

Rossiya va Xitoyning kosmosdagi faoliyati xavfli deya baholandi

Buyuk Britaniyaning aviatsiya bosh marshali Maykl Uigston Rossiya va Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan kosmik faoliyatni «xavfli» deb hisobladi. Bu haqda u The Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uigstonning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekin muntazam ravishda sun’iy yo‘ldoshlarni yaqin atrofdagi orbitalarda joylashtirib, razvedka ma’lumotlarini yig‘moqdalar.

Xitoy sun’iy yo‘ldoshga qarshi texnologiyalarni, jumladan, «lazerli to‘suvchi qurol» va «radioto‘lqinga to‘sqinlik qilish» mexanizmlarini ishlab chiqmoqda.

Rossiya sun’iy yo‘ldoshlari, o‘z navbatida, «qurol xususiyatlariga ega» va xavfsizlikka tahdid soladi, deya qo‘shimcha qiladi marshal.

Bundan tashqari, harbiylar kelajakda kosmosda nizolar kelib chiqish xavfi haqida ogohlantirgan.

«Men u yerga juda tez bora olishlariga shubha qilmayman. Agar biz hozir o‘ylamasak va bunga tayyorgarlik ko‘rmasak, keyin biz o‘z vaqtida tayyor bo‘lolmaymiz», - deya xulosa qildi Uigston.

Bu G‘arb kosmosda «urush» xavfini e’lon qilgan birinchi holat emas. Avvalroq, Britaniya kosmik dasturi rahbari, vitse-marshal Xarvi Smit Rossiyani sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovini o‘tkazishda ayblagan va bu borada xavotiri borligini bildirgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring