Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

Rossiyaning Ryazan shahri yaqinida Il-76 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, yana yetti kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda «Interfaks».

Samolyot erta tongda qo‘nish vaqtida xususiy aholi turar-joy binolari yaqinidagi dalaga, Mixaylovskiy shossesi hududida, Pletenka daryosi tekisligidagi yaylovlarda qulab tushdi.

Halokatdan so‘ng bortda yong‘in sodir bo‘lib, yetib kelgan qutqaruvchilar tomonidan tezda o‘chirilgan.

Il-76 sovet og‘ir harbiy transport samolyoti sanaladi. O‘z vaqtida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Og‘irligi 60 tonnagacha bo‘lgan uskunalar va yuklarni 6700 kilometrgacha bo‘lgan masofaga tashish uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring