Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ichki urush boshlandi. «Vagner» rahbari Shoyguni so‘kib tashladi

Rossiyada ichki urush boshlandi. «Vagner» rahbari Shoyguni so‘kib tashladi

«Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya Federatsiyasi harbiy rahbariyatiga o‘z yollanma askarlari guruhini o‘q-dorilar bilan ta’minlashni talab qilib, videomurojaat yo‘lladi.

Uning matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan video «Vagner» yollanma askarlarining o‘nlab jasadlari fonida suratga olingan. Prigojinning ta’kidlashicha, bu 4 may kuni bir kun ichidagi janglardagi yo‘qotishlar.

Yevgeniy Prigojin Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Federatsiyasi Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga murojaat qilib, ularni so‘kib tashlaydi.

«Bular bugun vafot etgan «Vagner» yigitlari. Hali ham qonlari sovugani yo‘q. Endi gapimga quloq soling, yaramaslar, bular birovning otasi, birovning o‘g‘li. O‘q-dori bermagan ifloslar, do‘zaxda javob berasanlar. Bizda 70 foiz o‘q-dorilar yetishmaydi. Shoygu, Gerasimov, qani o‘q-dori? Qaranglar, bularga! Sizlar ham, farzandlaringiz ham qimmatbaho klublarda kayf-safo qilib yuribsizlar», deya g‘azabini sochadi u.

Baxmutdagi frontning eng shiddatli sektorida jang qilayotgan Yevgeniy Prigojin va uning yollanma askarlari o‘q-dorilar yetishmasligidan bir necha bor shikoyat qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring