Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda?

Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda?

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish kompaniyalaridan harbiy bo‘limdan shartnomalar olishi uchun «kosmik miqdorda pora» olgan. Bu haqda Baza Telegram kanali tergov organlaridagi manbaga asoslanib xabar berdi.

«Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, Ivanov ularga shartnomalar tuzishda yordam bergan va buning evaziga ularning xizmatlaridan tekin foydalangan. Uning ishi «hammani dahshatga soladigan kosmik miqdordagi pora» bilan bog‘liq», deb yozadi kanal.

Poraning aniq summasi ma’lum qilinmagan. 

Shu bilan birga, vazir o‘rinbosarining advokatlari kanal bilan suhbatda Ivanov olgan pora miqdori uydirma ekanini da’vo qilmoqda. Tergov fikricha, Ivanov so‘zning odatiy ma’nosida, masalan, konvertlarda pora olmagan, lekin kompaniyaning juda qimmat xizmatlaridan tekin foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni Rossiya OAVlarida Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ivanov ishi, Rossiyada so‘nggi paytlarda ko‘tarilgani yirik korrupsiyaviy mojaro sifatida ko‘rilmoqda. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, mazkur qo‘lga olishda mudofaa vaziri Sergey Shoyguga qarshi «o‘yin elementlari» ham bor. 

Ivanov 2012-yilda Moskva viloyati hukumati raisi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2013–2016-yillarda — AO «Oboronstroy» («Mudofaaqurilish» AJ) bosh direktori.

2016-yil mayida prezident farmoni bilan mudofaa vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring