Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimsiz o‘zi? Internetda «o‘lmas polk» ishtirokchilari begonalar rasmini ko‘targani tasvirlangan video tarqaldi (video)

Kimsiz o‘zi? Internetda «o‘lmas polk» ishtirokchilari begonalar rasmini ko‘targani tasvirlangan video tarqaldi (video)

Foto: «Newsland.com»

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya federatsiyasi, Tatariston respublikasida «o‘lmas polk» aksiyasi ishtirokchilari o‘z qarindoshlari emas, balki tashkilotchilar tomonidan yetkazib berilgan rasmlarni ko‘targani tasvirlangan video tarqab ketdi.

Videotasvirdagi sanadan ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 2017 yilda sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra «o‘lmas polk» ishtirokchilari ro‘yxat asosida chaqirilib, ularga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan rasmlar berilgan. Yurish ishtirokchilari qo‘llaridagi surat kimga tegishli ekanini hatto bilmasliklarini aytishgan.

«O‘lmas polk» yurishi Rossiya targ‘ibotida keng o‘rin tutadi va unga ko‘ra ishtirokchilar ikkinchi jahon urushida qatnashgan yaqinlarining portretini ko‘tarib chiqishlari lozim. Ammo «o‘lmas polkchilar» duch kelgan suratni ko‘tarib olishi holatlari matbuotda bot-bot paydo bo‘lmoqda.

Xususan, kecha Rossiya federatsiyasining Mordoviya respublikasidagi «o‘lmas polk» yurishida prokuror, general va yepiskop har-xil nom ostida bir kishining rasmini ko‘targani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga o‘tgan yili matbuotda yurish yakuniga yetgandan so‘ng portretlar duch kelgan joylarga tashlab ketilishi bilan bog‘liq holatlar ham xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring