Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yangi COVID-19 shtammi tarqalmoqda

Rossiyada yangi COVID-19 shtammi tarqalmoqda

Foto: Moskva 24

Rospotrebnadzor epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti Federal budjet ilmiy muassasasi genomik tadqiqot laboratoriyasi rahbari Komil Hafizov koronavirusning “Stratus” shtammi bilan kasallanganlik haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 114 ta holat aniqlangan.

"Stratus" (XFG) shtammi juda yuqumli, ammo nisbatan yengil kechadi. Virusning asosiy belgisi – ovozning xirillashidir.

“Kasallik holatlarining eng katta qismi Moskva shahriga to‘g‘ri keladi – 54 foiz, ammo virus mamlakatning boshqa ko‘plab mintaqalarida allaqachon aniqlangan. 

Yangi shtammning tarqalishi jamiyat uchun katta xavf tug‘dirmaydi”, - deya ta’kidladi Xafizov.

Manba: lenta.ru

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring