Rossiyadagi mehnat muhojirlariga ruscha gaplashishni bilish talabi qo‘yilishi mumkin
Rossiya ta’lim va fanni nazorat qilish federal xizmati (Rosobrnadzor) mehnat muhojirlari uchun rus tili imtihoniga og‘zaki nutqni tekshirishni kiritish mumkin va maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.
«Mamlakatimizda bo‘lib turgan davrida ko‘pchilik mehnat migrantlari turli hayotiy vaziyatlarda rossiyaliklar bilan aynan og‘zaki muloqot qilishlari kerak», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Muassasa ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda faqat ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun og‘zaki nutq qismi yo‘q, boshqa darajalardagi imtihonlarda «gapirishni bilish» ko‘zda tutilgan. Rosobrnadzor tushuntirishicha, ushbu bo‘limni kiritish uchun rus tilida chet tili sifatida imtihon o‘tkazish, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi.
Tashkilot chet elliklar Rossiyada yashash huquqi yoki fuqarolikni olish uchun topshiradigan imtihon minimal ballari qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ham ma’lum qildi.
13-aprel kuni Pushkin nomidagi Rus tili instituti rektori Natalya Truxanovskaya minimal ballni hozirgi 50 balldan 80 ballga oshirishni hamda imtihonga og‘zaki nutqni tekshirishni kiritishni taklif qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter