Rossiyadagi saylov uchastkasida portlash sodir bo‘ldi
Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, 64 yoshli ayol Komsomolskiy prospektidagi Soldatov nomidagi madaniyat uyiga katta petarda olib kirib, uni hojatxonada portlatib yuborgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol qo‘lidan ayrilgan. Madaniyat saroyi binosidan 50 kishi evakuatsiya qilingan.
Portlash haqidagi ma’lumotni Perm o‘lkasi hududiy xavfsizlik vazirligi tasdiqladi.
«Ayol qo‘lidan jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan», — deyiladi vazirlik xabarida.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa jabrlanuvchilar yo‘q. Huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada prezidentlik saylovi uch kun – 15, 16 va 17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu saylovda 4 nafar nomzod kurash olib bormoqda.
Dunyo bo‘ylab «Putinga qarshi» aksiyalar o‘tkazilmoqda. Muxolifat vakillari va norozilar saylov uchastkalarida Putinga qarshi ovoz bermoqda yoki byulletenlarni yaroqsiz holga keltirmoqda. Saylovning so‘nggi kunida 75 kishi hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter