Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi YTHda 15 nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi YTHda 15 nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi

Foto: Skrinshot

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidan o‘tgan trassada mikroavtobus va ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 inson halok bo‘lgan. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkixning bayonotiga ko‘ra, jarohat olgan to‘rt kishi (uch erkak, bir ayol) og‘ir ahvolda, ularning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar kurashmoqda.

Baxtsiz hodisa Ulyanovskdagi katta yo‘lda sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, mikroavtobus bilan to‘qnashgan. Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mikroavtobusda qozog‘istonlik ishchilar ketayotgan bo‘lgan.

20-avgust kuni Turkiyada ikkita yirik YTH sodir bo‘lib, har birida 16 nafardan inson halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring