Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik bloger sakkiz kishini chuv tushirganlikda ayblanmoqda

Rossiyalik bloger sakkiz kishini chuv tushirganlikda ayblanmoqda

Bloger Ayaz Shabutdinov Moskvada ijaraga olingan xonadonida ushlab ketilgan. U firibgarlik yo‘li bilan uyushgan holatda fuqarolar va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar keltirishda gumonlanmoqda.

Moskva shahar prokuraturasiga ko‘ra, 32 yashar blogerga nisbatan sakkizta jinoyatni sodir etish bo‘yicha ayblov ilgari surilgan. Biroq Shabutdinov aybini tan olmagan.

Perm viloyatida tug‘ilgan Ayaz Shabutdinov Udmurt universitetini davlat va munitsipal boshqaruv mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U o‘z veb-saytida Like Center (tadbirkorlar uchun texnologik ta’lim kompaniyasi) asoschisi ekanini yozadi hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga omadli faoliyat va mo‘may daromadni kafolatlashini va’da qilgan holda, o‘quv kurslari, trening va vebinarlarni sotish bilan shug‘ullanib keladi.

Aniqlanishicha, u yuqori darajadagi samaradorlikka ishontirib, 8 kishi bilan 100 ming rubldan 1,9 mln rublgacha bo‘lgan miqdorda shartnomalar imzolagan. Prokuraturaga ko‘ra, tergov davomida jinoiy faoliyatning boshqa jihatlari ham aniqlashtiriladi.

Ayaz Shabuddinov Instagram’da 1,9 million obunachiga ega. Telegram-kanalidagi kuzatuvchilarining soni esa 367 mingdan oshadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring