Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning eng boy odamlaridan biri koronavirusdan vafot etdi

Rossiyaning eng boy odamlaridan biri koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Vesti»

Rossiyaning eng boy odamlaridan biri Oleg Burlakov koronavirus oqibatida vafot etgani haqida «Forbes» xabar tarqatdi.

Tadbirkor so‘nggi yillarda Monakoda yashab kelgan, 23-iyun kuni 71 yoshida o‘sha yerda olamdan o‘tgan.

Burlakov «Stroylesbank» egalaridan biri bo‘lgan, «Terpentin» lok-bo‘yoq fabrikasi, «Impuls» investitsiya-qurilish kompaniyasi ham unga qarashli edi. «Rossiyaning 2021-yildagi eng boy 200 tadbirkori» reytingida 650 million dollar bilan 177-o‘rinni band etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring