Rossiyaning KXDR va Eron bilan harbiy hamkorligi dunyo uchun xavfli – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari yana Shimoliy Koreyadan keltirilgan ballistik raketalardan foydalangan.
Zelenskiy mamlakat mudofaa vaziri Umerov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda dronlarga qarshi kurash, raketalardan himoya va havo mudofaasini mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.
Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya-Eron dron texnologiyalari Shimoliy Koreyagacha tarqalgani haqida dalillar mavjud. Bu esa nafaqat Yevropa, balki Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalari uchun ham katta tahdid soladi.
«Urush qancha uzoq davom etsa, harbiy texnologiyalar shuncha tez rivojlanadi. Bu esa butun dunyo uchun katta xavfdir. Masala hozir hal qilinishi kerak. minglab yangilangan «Shaxed» dronlari va ballistik raketalar Seul yoki Tokio tinchligiga tahdid solishni boshlagandan keyin emas», – dedi Zelenskiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter