Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning raketa zarbalari yadroviy falokatga olib kelishi mumkin – The Guardian

Rossiyaning raketa zarbalari yadroviy falokatga olib kelishi mumkin – The Guardian

Ukrainadagi barcha to‘rt atom elektr stansiyasining birinchi marta favqulodda to‘xtatilishi Ukrainadagi urushda katta muammoga aylandi. Bu haqda UNIAN agentligi ma’lum qildi

Joriy yilning 23 noyabr kunlari Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainaga bergan raketa zarbalari natijasida Ukrainadagi to‘rtta atom elektr stansiyasi asosiy elektr ta’minotidan uzilgan. Ular favqulodda ishlash rejimiga o‘tgan. Bu vaziyat tufayli dunyoda Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga doimiy hujumlari atom elektr stansiyalari xavfsizligiga tahdid solmoqda, degan xavotir kuchaymoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, Rossiya qo‘shinlari 2022 yilning mart oyida keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin qo‘lga kiritgan Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi Zaporoje hududini tez-tez o‘qqa tutayotgani sababli, sentyabr oyidan beri tarmoqdan chiqib ketgan. Ukrainaning yana uchta atom elektr stansiyalari - Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy - Rossiyaning so‘nggi raketa zarbalarining bevosita nishoni bo‘lmagan, biroq ularning xavfsizligi tahdid ostida qolgan.

«Ukraina atom elektr stansiyalari uchun tashqi elektr energiyasi manbalarining to‘liq va bir vaqtning o‘zida yo‘qolishi mamlakatda yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat tobora qaltis, murakkab va potensial xavfli bo‘lib borayotganidan dalolat beradi», – dedi MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring