Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rubl tarixiy minimumga quladi

Rubl tarixiy minimumga quladi

Foto: «Pixabay»

Forex valyuta bozorida 7-mart kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda Rossiya rubli kursi dollarda — 140,25, yevroda — 145,87 nisbatni qayd etib, tarixiy minimumni yangiladi.

Dollar va yevroning rublga nisbatan kursi, juma kungi savdo yakunlariga solishtirganda, 7-mart kuni 20 foizga qimmatlashdi, deb yozdi «Bloomberg».

Rossiya banki 5, 7 va 8 mart kunlari Mosbirjaning barcha bozorlarida savdolar va hisob-kitoblar o‘tkazmaslik qaroriga kelgan edi.

Rossiya valyutasining galdagi qulashi neft embargosi xavfi bilan izohlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring