Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruminiya prezidenti 1000 yevro jarimaga tortildi

Ruminiya prezidenti 1000 yevro jarimaga tortildi

Klaus Yoxannis.

Foto: «Ava.md»

Ruminiya diskriminatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy kengashi mamlakat prezidenti Klaus Yoxannisni 5000 ley (1000 yevro) jarimaga tortishga qaror qildi. DW yozishicha, davlat rahbari venger tilini kamsitgan.

Milliy kengash davlat rahbari milliy ozchilik qadr-qimmatiga mensimasdan munosabatda bo‘ldi, degan xulosaga keldi. Klaus Yoxannis televideniyedagi chiqishlaridan birida PSD partiyasidagi muxolifatchilarini Ruminiyadagi Transilvaniya hududini Vengriyaga berish haqida Viktor Orban boshchiligidagi venger hukumati bilan til biriktirib olganlikda ayblagan edi. O‘z chiqishini PSD ga venger tilida salom yo‘llash bilan boshlagan Yoxannis PSD so‘zlarini vengercha aksentni kuchaytirgan holda aytgan edi.

O‘z navbatida, prezident Yoxannis milliy kengash qaroriga siyosiy tus berilgan degan fikrda va sudga arz qilib jarimadan qutulib qolmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring