Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov ko‘z o‘ngida tartibsizliklar ro‘y berdi (video)

Sadir Japarov ko‘z o‘ngida tartibsizliklar ro‘y berdi (video)

Ommaviy tartibsizliklarda 100 dan ortiq odam jarohat olgan.

Qirg‘izistonda «Do‘stuk» va «Yntimak» jamoalari o‘rtasidagi ko‘pkari bo‘yicha Prezident kubogi finali tartibsizliklar bilan yakunlandi. Voqea joyidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Hodisa O‘sh viloyatidagi «To‘loykon» ippodromida sodir bo‘lgan. O‘yin natijasiga ko‘ra, g‘alaba «Yntimak»ga nasib etdi, biroq tomoshabinlar hakamlikdan norozi bo‘lishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sudya kaltaklangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda politsiyachilar uni himoyalab olib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Voqea guvohlari tomonidan olingan kadrlarda tez yordam mashinasiga toshlar otilgani va oynalar singanini ham ko‘rish mumkin.

Voqeaga davlat rahbari Sadir Japarov, Bosh prokuror Qurmanqul Zulushev va Oliy sud raisi Zamirbek Bazarbekov ham guvoh bo‘lishgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Ikki kishi shifoxonada yotibdi: ulardan biri ko‘pkarichi, ikkinchisi huquq-tartibot organi xodimi. Aniqlik kiritilishicha, uloqchi tartibsizliklar paytida emas, o‘yin vaqtida jarohat olgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan tibbiy chodirlarda yana 100 ga yaqin odamga ambulator yordam ko‘rsatilgan.

Respublika xavfsizlik xizmati rahbari Qamchibek Tashiyev tartibsizliklar yuzasidan allaqachon ish ochilgan. Uning ta’kidlashicha, tartibsizliklarda ishtirok etganlarning barchasi, jumladan, gij-gijlovchilar ham jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring