Salkam bir million rossiyalik YIga ko‘chib ketdi

Rossiya qo‘shini Ukrainaga kiritilgan 24-fevraldan buyon Yevropa ittifoqi hududiga salkam bir million rossiyalik ketgan. Bu haqda Germaniyaning DPA agentligi xabar berdi.
24-fevraldan 22-avgustga qadar YI chegaralarini 998 085 nafar RF fuqarosi kesib o‘tdi, dedi Yevropa chegara va qirg‘oq qo‘riqlash agentligi — Frontex vakili DPAga intervyusida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Ukrainaning 7,7 mln nafar fuqarosi YIga qochib o‘tgan, shundan 4,7 mln nafari Ukrainaga qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter