Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyot halokatidan omon qolgan bolalar: 13 yoshli qiz bir chaqaloq va ikki bolakayni kimsasiz o‘rmonda yarim oy tirik saqladi

Samolyot halokatidan omon qolgan bolalar: 13 yoshli qiz bir chaqaloq va ikki bolakayni kimsasiz o‘rmonda yarim oy tirik saqladi

Kolumbiyadagi samolyot halokatidan omon qolgan bolalar o‘rmonda o‘zlariga boshpana qurishga muvaffaq bo‘lishdi va u yerda 16 kundan ortiq vaqt o‘tkazdilar. Bu haqda Semana jurnali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida soch bog‘ichlari bilan bog‘lab qo‘yilgan barg va tayoqlardan yasalgan kulbalar topilgan. Taxminlarga ko‘ra, ukalari bilan o‘rmonda qolgan 13 yoshli qiz yomg‘irdan o‘zlariga boshpana yasashga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan uch nafar bolaning biri 11 oylik, qolganlari to‘rt va to‘qqiz yoshda.

Nashrning yozishicha, harbiylar 15 may kuni samolyot yonidan yaqinda yeyilgan meva qoldiqlari, bolalar ovqatlari uchun idish va boshqa narsalarni topishgan. Shundan so‘ng qidiruv ishlari boshlangan.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro harbiylar 1 may kuni o‘rmonda halokatga uchragan samolyotda bedarak yo‘qolgan to‘rt bolani 16 may kuni tirik topishga muvaffaq bo‘linganini ma’lum qilgan. Solano munitsipalitetidan San-Xose del Guaviare shahriga yo‘l olgan samolyot bortida jami yetti kishi bo‘lgan. Uch kishi vafot etgan, bolalar esa omon qolgan.

Hozirda bolalar mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring