Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburg va Volgograd nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Sankt-Peterburg va Volgograd nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Sankt-Peterburg.

Foto: Freepik

Rossiya Davlat dumasiga Sankt-Peterburg shahri nomini Leningrad, Volgogradni esa Stalingrad deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. 

Qonun loyihasi muallifi, RFKP (KPRF) fraksiyasi deputati Anjelika Glazkovaning ta’kidlashicha, Ikkinchi jahon urushi davrida «qahramon-shahar» unvonini olgan barcha shaharlarning nomlarini o‘sha davrdagi tarixiy nomlariga qonunan qaytarish zarur. U ushbu tashabbusni «tarixiy adolatni tiklash» deb atagan.

Siyosatchilarning bunga munosabati turlicha. Masalan, Sankt-Peterburg Qonunchilik majlisi raisi Aleksandr Belskiy shahar nomini o‘zgartirishga «hech qanday zarurat yo‘q» deb hisoblamoqda. Rossiya kommunistlar partiyasi esa bu g‘oyani to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lumot uchun: Sankt-Peterburg shahri 1991-yil iyun oyida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng o‘sha yilning sentyabrida o‘zining tarixiy nomini tiklagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring