O‘zbekistonlik Sankt-Peterburgda odam o‘g‘irlashda ayblanib qo‘lga olindi
Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanida turli, jumladan, jinsiy jinoyatlarda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.
78.ru nashrining mahalliy huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, joriy yil 16-yanvar kuni shaharning Leninskiy prospektidagi uylarning biridan 30 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olingan.
Migratsiya ro‘yxatidan o‘tmagan ushbu shaxsning bir qator jinoiy moddalar bo‘yicha federal qidiruvga berilgani aniqlangan. Jumladan, u ayolni turmushga chiqishga majburlash, o‘g‘irlash, qiynoqqa solish, shuningdek pornografik mahsulotlarni ishlab chiqarish, import qilish, tarqatish, reklama qilish va namoyish qilish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Mazkur shaxs, shu bilan birga, o‘tgan yilning dekabridan O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham qidiruvga berilgan bo‘lgan.
Ayni vaqtda unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Qo‘lga olingan shaxs ilgari ham bir necha bor talonchilik uchun sudlangani ham aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter