Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga chalingan taniqli onkolog xayrlashuv xati yozdi

Saratonga chalingan taniqli onkolog xayrlashuv xati yozdi

Foto: «Facebook»

Rossiyalik taniqli onkolog-jarroh Andrey Pavlenko «Facebook»dagi sahifasida xayrlashuv xati yozib qoldirdi.

Vrachning yozishicha, uning o‘zida ham saraton topilgan (oshqozon rakining uchinchi darajasi) va tibbiyot bunga qarshi kurashishga ojiz.

«Mening hayot yo‘lim intihosiga yetmoqda! Afsuski kasalligim makkorroq bo‘lib chiqdi va oxirgi ikki oyda uning rivojlanishi menga hech bir imkoniyat qoldirmadi», — deb yozdi Pavlenko.

Vrach o‘z obunachilaridan uning oilasini moliyaviy qo‘llab turishlarini iltimos qilgan.

Ma’lumot uchun: Andrey Pavlenko do‘stlari bilan «Inson hayoti» loyihasini ochgan va unda o‘sma kasalliklariga mubtalo bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish maqsadida onkologiya muammolari haqida tushunchalar berib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring