Saudiya Arabistoni OPEK+ mamlakatlariga neft urushi bilan tahdid qildi

Agarda OPEK+ bitimini imzolagan mamlakatlar o‘z majburiyatlarini bajarmasa, Saudiya Arabistoni ularga qarshi neft urushini e’lon qilmoqchi, deb xabar berdi «The Wall Street Journal».

Saudiya Arabistoni podshohligi energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Angola va Nigeriyadan ulardan o‘z majburiyatlarini bajarmaganligini kafolatlash uchun «qora oltin»ni qazib olishni qo‘shimcha qisqartirish bo‘yicha rejani taqdim etishlarni talab qildi. Qolaversa, saudiyaliklar Afrika mamlakatlarining bozordagi mavqeiga putur yetkazish maqsadida neftni arzon bahoda sotishga tayyorliklarini bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, OPEK+ a’zo-mamlakatlari yagona to‘xtamga kela olishmagani ortidan mart oyida neft narxi keskin pasayib ketgandi. May oyiga kelibgina bitim ishtirokchilari 2020-yil oxirigacha neft qazib olishni asta-sekin qisqartirib borishga kelishib olishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter