Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida bir haftada 13 118 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Saudiya Arabistonida bir haftada 13 118 nafar noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Foto: Arab News

Saudiya Arabistonida bir hafta ichida mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan 13 118 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi (SPA) xabar berdi.

Jami 8 150 kishi mamlakatda yashash qoidalarini buzganligi, 3 344 kishi chegarani noqonuniy kesib o‘tgani, 1 624 kishi mehnat faoliyatiga oid qonun buzilishlari uchun hibsga olingan.

Saudiya IIV mamlakatga noqonuniy kirishga ko‘maklashganlar, jumladan, transport va boshpana berganlar juda qattiq jazolanishidan ogohlantirdi. Ular 15 yilgacha qamalishi, 267 ming dollargacha jarimaga tortilishi, transport vositalari va mulklari musodara qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring