Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada jazirama sabab vafot etgan hojilar soni ming nafarga yaqinlashdi

Saudiyada jazirama sabab vafot etgan hojilar soni ming nafarga yaqinlashdi

Joriy yilgi Haj ziyoratida Saudiya Arabistonida kuzatilayotgan jazirama sabab vafot etgan ziyoratchilar soni ming nafarga yaqinlashdi. Halok bo‘lganlarning aksariyati misrliklar ekani (ayrim manbalarda 600 nafar) aytilmoqda.

AFP nashriga ko‘ra, o‘limlar 51,8 darajagacha ko‘tarilgan issiq ob-havo sababli ro‘y bermoqda.

Misrliklarning o‘limiga doir raqamlar bilan bog‘liq taxminlarga ko‘ra, Misrda Haj ziyorati uchun minimal to‘lov mahalliy aholining to‘rt yillik eng kam ish haqi miqdoridan oshadi. Koronavirus pandemiyasidan keyin oshib ketgan narx-navolar hamda birning (Misr pul birligi, -tahr.) devalvatsiyasi tufayli ko‘plab misrliklar haj qoidalarini chetlab o‘tib, oddiy sayyoh sifatida Saudiya Arabistoniga ketishadi. Keyin ular yashirincha Makkaga kirishga intilishadi. Muvaffaqiyatga erishganlar uchun yashash joyi, oziq-ovqat yoki tibbiy yordam kafolatlanmaydi. Bunday sharoit esa haddan tashqari issiq ob-havoda odamlar uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Misrliklarning o‘limidan tashqari, 60 nafar iordaniyalik, 68 nafar hindistonlik, 35 nafar tunislikning o‘limi e’lon qilindi. Indoneziya, Eron, Senegal va Iroq Kurdistonida ham o‘lim holatlari tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq issiq havo harorati sabab Haj ziyorati paytida 550 nafar ziyoratchilar vafot etgani aytilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring