Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat qaysi?

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat qaysi?

Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Bu ro‘yxatda Finlyandiya birinchi, Islandiya ikkinchi, Ummon uchinchi o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari, Shveysariya, Gonkong, BAA, Lyuksemburg, Portugaliya, Yangi Zelandiya, Qatar, Estoniya, Yaponiya, Avstriya, Sloveniya, Ispaniya, Norvegiya, Chexiya, Avstraliya, Bruney ham sayyohlar uchun xavfsiz davlatlar deb topildi.

Ma’lum qilinishicha, Salvador, Nigeriya, Yaman, Venesuela va Gonduras sayohat uchun o‘ta xatarli mamlakatlar ekan.

Mamlakatlar xavfsizligini baholashda quyidagi mezonlarga tayanilgan: ishonchli politsiya, teraktlar tarqalishi, qotilliklar soni, terrorizmdan saqlanganligi, jinoyat va zo‘ravonlik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring